Siz har kuni yo‘l qo‘yib kelayotgan 10 moliyaviy xato
Siz har kuni yo‘l qo‘yib kelayotgan 10 moliyaviy xato
Siz do‘konga borganingizda pul yo‘qotasiz, past maoshga rozi bo‘lasiz yoki harakat qilishning o‘rniga divanda yotishingiz mumkin.

1. Pullar nimaga sarflanayotganini umuman qayd etmaysiz

Pul hisobni yaxshi ko‘rdi. Bu oddiygina ibora emas, balki harakat qilish uchun qo‘llanma! Sizning sarf-xarajatlaringizni nazorat qilmaguningizcha, mablag‘lar qayerdan oqib chiqayotganini bilmaysiz va kerak bo‘lganda ham sarf-xarajatlarni kamaytira olmaysiz.

Barcha xarajatlarni tez va osonlik bilan qayd etishga imkon beradigan juda qulay ilovalar mavjud. Agar bu odatga aylantirilsa, siz bunga alohida ahamiyat berishdan soqit bo‘lasiz, ammo har oy siz pulni qanday sarflaganingizni ko‘rishingiz mumkin. Kelgusi oyda esa keraksiz sarf-xarajatlarni chiqarib tashlashga imkon beradi.

2. Kuniga kamida 10000 so‘m tejamaysiz

2. Kuniga kamida 10000 so‘m tejamaysiz

Har kuni 10000-15000 so‘mni tejab, oy oxirida uzoq vaqtdan beri orzu qilgan biror narsangizni sotib olish yoki yaqinlaringizga biror sovg‘a qilishingiz mumkin.

Har kuni bunday oz miqdorda pul ajratishga qaror qilgandan so‘ng, hayotingizning sifati keskin yomonlashishidan qo‘rqmang. Amalda, farqni hatto his qila olmaysiz ham,chunki o‘zingizga kerakli bo‘lgan va deyarli kerak bo‘lmagan hamma narsani sotib olaverishni davom ettiraverasiz. Biroq, oyning yoki yilning oxirida odatdagidan ko‘ra ko‘proq pul sarflashingiz mumkin. Shunda o‘zingizning harakatingizga baho bering. 

3. Narhi arzonlashtirilgan mahsulotlarni izlamaysiz.

3. Narhi arzonlashtirilgan mahsulotlarni izlamaysiz.

Chegirmalardan foydalanish nafaqat yoqimli (siz tizimni “aldab”, u sizga sotishga harakat qilgandan ko‘ra arzonroq bo‘lgan mollarni sotib oldingiz) balki juda  foydalidir ham. Mahsulotlarni arzon narxlarda sotib olish, kinoga narxining yarmi narxiga tushish, restoranlar, kafelar hamda yetkazib berish bo‘yicha maxsus xizmatlardan foydalanishning hech qanday uyatli joyi yo‘q. 

Siz boshqalarning ko‘ziga kambag‘alroq yoki “zoti past” bo‘lib ko‘rinmaysiz - ularning ko‘pchiligi sizning pragmatik yondashuvingizni qadrlashadi.

Garderobingizni mavsumdan tashqari yangilash o‘zingiz uchun yaxshi odat bo‘lib qoladi: yozdaqish poyafzallari odatda arzonroq bo‘ladi, bir necha oydan keyin esa albatta asqatadi.

4. Xaridlar ro‘yxatini tuzmaysiz

4. Xaridlar ro‘yxatini tuzmaysiz

Do‘konga och va kerakli maxsulotlar ro‘yxatisiz kirish allaqachonlardan beri ovsarlik hisoblanadi. Yeya olmaydigan darajada ko‘p oziq-ovqat harid qilasiz va buning natijasida pulni behuda sarflaysiz.

Agar ro‘yxatli varaqchalarni doimo unutib qo‘ysangiz, qaydlarni mobil ilovada saqlang. Shunday qilsangiz, kerakli mahsulotlar ro‘yxati doimo yoningizda bo‘ladi va juda ko‘p narsa sotib olish vasvasasi kamayadi.

5. Pul bilan juda tez vidolashasiz

5. Pul bilan juda tez vidolashasiz

Bugungi kunda tranzaksiya atigi bir necha soniya davom etadi, buning yahshi tomonlari bilan birga kamchilik tomonlari ham bor. Biz kartani hech ikkilanmasdan terminalga solamiz - va pul hisobdan uchadi - ketadi. Bunday holda, albatta, biz eng zarur narsalar bilan ularsiz ham tinchgina yashay oladigan narsalarni ajratishga e’tibor bermay qolamiz.

Jiddiy xaridlarni ta’sirchanlik ostida qilmang! “24 soat” qoidasiga amal qiling: Agar bir kundan keyin ham siz biror narsa sotib olishga yoki xizmat uchun haq to‘lashga tayyor bo‘lsangiz, to‘lashingiz mumkin. Ammo ko‘p hollarda siz kechagi g‘oyadan voz kechasiz.

6. Keshbekli bank kartasidan foydalanmaysiz

6. Keshbekli bank kartasidan foydalanmaysiz

Buni qarang, xarajatlarni qisqartirmasdan, va hatto aksincha yo‘l tutsa ham foydaga kirish mumkin ekan. Bugungi kunda ko‘pchilik banklar keshbekli hisob-kitob kartalarini taqdim etmoqdalar. Ularning kuchli va zaif tomonlarini taqqoslash va mos bo‘lganini ishga solish qoladi, xolos.

Odatda, keshbek ko‘paytiriladigan toifalarni tanlash mumkin. Masalan, agar siz mashinada yursangiz, benzinga sarf qilingan pul miqdoridan yirik foizini hisobga qaytarish qulay bo‘ladi.

7. Reklamaga o‘ta ishonuvchansiz

7. Reklamaga o‘ta ishonuvchansiz

Internet va televideniyedagi reklama iste’molchilarning xohishlariga ta’sir qiladi. Biz aynan shu rolikdagi yoqimtoy sohibjamol ishlatadigan tish pastasini xarid qilmoqchi bo‘lamiz. Va buning uchun mahsulot o‘ziga o‘xshashlaridan faqatgina narxining qimmatligi bilan farq qilishini zarracha ham o‘ylab ko‘rmaymiz.

Iste’molga nisbatan mulohazaliroq yondoshing, va haridni dongi chiqqaniga qarab emas, sifatiga asoslangan holda tanlang. Bu brend uchun ortiqcha to‘lov qilishingizni oldini oladi.

8. Kam pul olib keladigan narsa bilan shug‘ullanishni davom etaverasiz

8. Kam pul olib keladigan narsa bilan shug‘ullanishni davom etaverasiz

Ish uchun ishlash - qahramonlarcha yondashuv, lekin u zinhor amaliy emas! Har qanday mehnat uchun haq to‘lanishi kerak. Ish haqqi esa o‘zingiz ham "Ha, men haqiqatdan ham shunga loyiqman", deb tan olishingiz mumkin bo‘lgan darajada bo‘lishi kerak.

Sizga to‘liq hayot bilan yashash imkonini bermaydigan kam haq to‘lanadigan ishlarda ishlashni davom ettirib, o‘zingizni kundalik quvonchlardan mahrum qilasiz. Irodangizni jamlab olib o‘zingiz uchun sizni haqiqiy mutaxassis sifatida baholaydigan, mehnatingiz uchun kartangizga keladigan minnatdorchilik esa o‘zingizga mos keladigan yangi joyni toping.

9. Yanada ko‘proq pul topish uchun bo‘sh vaqtingizdan foydalanmaysiz

9. Yanada ko‘proq pul topish uchun bo‘sh vaqtingizdan foydalanmaysiz

Sizning vaqtingiz va kuchingiz sizning ko‘proq narsalarga erishishga imkon beruvchi qimmatli va qayta tiklanmaydigan manbalardir. Agar siz ularni behuda sarflamasangiz, albatta.

Hatto kuniga 8 soat ishlashingizga qaramay ham, qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini topishingiz mumkin.

Masalan, taksi xizmatiga joylashib olib, ishdan qaytayotgan paytingizda odamlarni eltib qo‘yish, uyda qatiq uyutib, salatlar, xolodes tayyorlab, pishiriqlar pishirib qo‘shnilarga sotish (mutlaqo notanish bo‘lgan shaxsdan sotib olgandan ko‘ra, bajonidil aynan sizdan sotib oladi), yoki o‘z sevimli mashg‘ulotingizdan pul toping.

10. O‘zingizning eng asosiy boyligingiz - sog‘liqqa e’tibor ajratmaysiz.

10. O‘zingizning eng asosiy boyligingiz - sog‘liqqa e’tibor ajratmaysiz.

Agar ishingiz uzoq muddatli stressga aylangan bo‘lsa, ish jarayoni esa allaqachonlardan beri sizni qoniqtirmasa va hammasidan keyin zo‘rg‘a erishgan pulingzni sarflashni istamasangiz, bu tashvishlarga sabab bo‘ladi.

Salomatlik bilan yaxshi kayfiyat bo‘lmasa - qolgan narsalar ham bo‘lmaydi. Sport bilan shug‘ullanishga, uyquni nazorat qilishga, o‘z vaqtida vitaminlarni qabulqilishga erinmang - doimo yaxshi ko‘rinishda va tetik bo‘lishingiz uchun kerak bo‘lgan hamma narsani qiling!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook