Rohatijon muzqaymoq qayerda va qachon paydo bo‘lgan?
Rohatijon muzqaymoq qayerda va qachon paydo bo‘lgan?
Muzqaymoq haqidagi eng qadimiy qaydlar imperator Neron davrlariga to‘g‘ri keladi. Aytishlaricha, u o‘z xizmatkorlariga tog‘ muzini mevali qo‘shimchalar bilan aralashtirgancha olib kelishni buyuradi.

Yana ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy imperatori Tanguning ham muz hamda sut asosida shirinlik tayyorlash usuli bo‘lgan ekan. Keyinchalik muzqaymoq Xitoydan Yevropaga olib kelingan. 

Afsonalarga ko‘ra, Marko Polo o‘z sayohatlarining biri davomida Sharqdan sovitish uchun nafaqat qor, balki selitra ishlatilgan shirinlik retseptini olib keladi. Sharbatni yodga soladigan ushbu shirinlik uzoq yillar davomida zodagonlarning sevimli deserti bo‘lgan. Aynan shupaytlarda muzqaymoqning retsepti boshqalardan qattiq sir tutilgan, saroy oshpazlari uning qanday tayyorlanishi haqida hech qachon birovga aytishmagan. 

Oradan bir muddat o‘tib, muz, sharbat va sut asosida tayyorlanadigan shirinlik retsepti ommalashib ketdi, Italiya va Fransiya qirollik saroylarida juda katta mashhurlikka erishdi. Muzqaymoq Lyudovik XIVning eng sevimli shirinligi hisoblangan. 1649 yilda fransuz qandolatchisi Jerar Tirsen sut hamda qaymoqdan tayyorlanadigan vanilli kremning muzlatilgan variantini ixtiro qiladi.

Yangilikka "Neopolitan muzqaymog‘i" deya nom beradilar. Mana shu hodisadan keyin uning retsepti doimiy ravishda o‘zgarib turgan.

Rus yerlarida esa odamlar muzlatilgan sutni jazirama kunlarda qadimgi davrlardan iste’mol qilib kelganlar.

Sibir qishloqlarida uy bekalari haligacha sutni muzlatilgan holatda maxsus idish ichida saqlaydilar. 

Muzlatilgan desert Amerika Qo‘shma shtatlariga qadar yetib borgach, amerikaliklarning  ham ko‘nglidan chuqur joy oldi. 

Mazkur shirinlik Jorj Vashington hamda Tomas Jefferson mehmonlariga doimiy ravishda tortiq qilingan. 1774 yilda londonlik savdogar Filipp Lenzi ilk marta Nyu-York gazetalarining birida turli shirinliklar, jumladan muzqaymoqni reklama qila boshlaydi.

AQSH prezidenti bo‘lmish Jeyms Madisonning rafiqasi Dolli Madison esa uni o‘z erining prezidentlik qasamyodini qabul qilish vaqtida mexmonlarga tarqatib chiqqan.

Amerikadagi birinchi muzqaymoq do‘koni 1776 yilda o‘z faoliyatini boshlagan.

Usul hamda texnologiyalar

Tuzni sut bilan aralashtirgan holatda muzqaymoqning tarkibiy mahsulotlari haroratini tushirish va uni nazorat qilib turish usulini o‘ylab topgan inson haqiqatan ham mazkur soha uchun juda katta hissa qo‘sha olgan. Aylanuvchi parraklarga ega bo‘lgan yog‘och chelakning yaratilishi ham muzqaymoq ishlab chiqarish jarayoniga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. 

Filadelfiyalik Avgustus Jekson 1832 yilda muzqaymoqni boshqacha usulda tayyorlash yo‘lini topdi. 

Nensi Jonson - muzqaymoqchi qiz

1843 yilda angliyalik Nensi Jonson muzqaymoqni idishlariga solib beradigan qo‘lbola mashina yaratdi va uni patentlab ham oldi. Ammo o‘z ixtirosini ommaviy tarzda ishlab chiqarish uchun kerakli miqdordagi pul unda bo‘lmagan. Shu tariqa Nensi o‘z patentini amerikaliklarga sotib yubordi. 1851 yilda Baltimorda shu turdagi birinchi zavod ochildi va ilk marta sanoatlashgan muzqaymoq partiyasi tayyorlandi. Ushbu hodisadan 150 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, uning tarkibi va retseptlari hamon shiddat bilan o‘zgarib keladi.

 

Jakob Fassel - muzqaymoqchi janob

1851 yilda Jakob Fassel Baltimorda muzqaymoq ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan birinchi savdo zavodini ochadi. 1897 yilning 1 fevral kuni esa muzqaymoq uchun mo‘ljallangan qolip hamda qoshiqchani Alfred Krall ismli erkak patentlab oladi. 

Trubochka

Muzqaymoqli trubochka ilk marta Amerikada 1904 yilda ijod qilingan va uni Avliyo Luis yarmarkasi paytida sotishgan. 

Yumshoq muzqaymoq

Britaniyaliklar olimlar guruhi (guruh tarkibida yosh Margaret Tetcher ham bo‘lgan) muzqamoq tarkibiga ikki marta ko‘proq havo "qo‘shish" va bu orqali uni yumshoq ko‘rinishga keltirish usulini o‘ylab topadilar. 

Yangi era

1990 yillarda oliy sifatli va quyuq tarkibga ega  bo‘lgan tarixdagi birinchi muzqaymoq yaratildi. Ben and Jerry's, Beech dean va Haagen-Dazs muzqaymoqlari aynan mana shu sinfga tegishli sanaladi. Ha, aytganday, Haagen-Dazs 1960 yilda Ruben Mattus tomonidan o‘ylab topilgan. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook