Radio haqida biz bilgan va bilmagan qiziqarli ma’lumotlar
Radio haqida biz bilgan va bilmagan qiziqarli ma’lumotlar
Hozirgi kunda radioning ommaviyligi o'tgan asrga nisbatan sezilarli darajada pasaymoqda, chunki uning o’rnini asta-sekin televidenie va Internet egallab bormoqda. Biroq, bir vaqtlar radio aloqa texnologiyalari sohasida texnologik taraqqiyotda yetakchi bo'lgan va hozirda ham u deyarli hamma joyda, politsiyadan tortib aviatsiyaga qadar qo'llaniladi. Bundan tashqari, u o'z ishtiyoqiga sodiq qolgan hamda radio jihozlaridan foydalanishni afzal ko'rgan ko'plab ishqibozlari haqida unutmaydi.

1.Birinchi radiogramma 1896 yilning mart oyida Rossiyada eng taniqli odamlardan biri - rus fizigi Aleksandr Popov tomonidan yuborilgan. Unda atigi 2 ta so'z bor edi: "Geynrix Gerts".

2.2009 yilda fransuz virusshunos olim Lyuk Montagyer bakteriyalar radio to'lqinlarni yaratishga qodir, degan farazni ilgari surdi. Uning tadqiqotlari natijalari bu narsa mumkinligini tasdiqlaydi (bakteriyalar haqida qiziqarli ma'lumotlar).

3.Radio ixtirosiga hissa qo'shgan birinchi tajribalarni amerikalik stomatolog Mahlon Loomis o’tkazgan. Simsiz aloqa ikkita simni havoga ko'targan uchurtmalar yordamida amalga oshirildi. 1868 yildayoq signalni 20 kilometrdan ko'proq masofaga uzatishga muvaffaq bo'lgan.

4. Eyfel minorasining yaratilishida radioning ahamiyati juda katta. U 1889 yil Jahon ko'rgazmasi uchun maxsus qurilgan va 20 yildan so'ng uni demontaj qilish rejalashtirilgan edi. Biroq, radioni kashf qilingandan keyin minorada katta diapazon va signal kuchini oshirish uchun antennalarni o'rnatishga qaror qilindi. Aynan ana shu narsa Parijning hozirgi ramzini saqlab qoldi.

5.Herbert Uellsning "Dunyolar urushi" filmiga asoslangan 1938 yildagi radioeshittirish AQShning ba'zi shaharlarida vahimani qo'zg'atdi. Ko'pchilik tinglovchilar radiospektakldagi marsliklarning Yerga hujum qilishi hamda Oq uyga o’t qo’yishi haqidagi radiolavhani haqiqiy yangiliklar,deb qabul qilganlar.

6.1942 yilning avgust oyida bir necha o'nlab Navajxo qabilasining hindulari AQSH armiyasiga chaqirildi. Ularga alohida mas’uliyat yuklangan - radio suhbatlarini o'z tillarida olib borish. Yaponiya harbiy razvedkasi muntazam ravishda radioxabarlarni tutib olar, ammo ularni rasshifrovka qila olmagan. Chunki butun boshli mamlakatda navaxo tilini biladigan birorta ham mutaxassis yo'q edi.

7.1930 yil 18 aprelda harbiy havo kuchlariga tegishli radioning tinglovchilari efirda hech qanday yangilikni eshitmadilar, buning o'rniga kun bo’yi musiqa yangradi. Keyinchalik diktorlar vaziyatga oydinlik kiritdilar, o'sha kuni radio ixlosmandlarining e'tiborlariga loyiq hech narsa sodir bo'lmagan ekan.

8.1940 yilda Angliyada futbol jamoalari o’rtasidagi o’yin paytida qiziq bir voqea yuz berdi. Stadionni quyuq tuman qoplagan va sharhlovchi hatto futbol maydonining burchagini ham ilg’ay olmagan. Sharhlovchiga o’yin haqidagi radioeshittirishni nemislar ham tinglayotgani haqida xabar berishdi. Agar ular tuman haqida bilib qolsalar, darhol bombardimon qilishni boshlashlari turgan gap edi. Sharhlovchi tuman haqida sir boy bermadi. U minbarlardagi muxlislarning hatti-harakatlaridan kelib chiqib, o’yinni sharhlab turdi.

9.Mashhur diktor Yuriy Levitanning Ulug' Vatan urushi davrida eshittirilgan radioxabarlari o’sha davrda yozib olinmagan edi. Ammo bu xabarlar katta tarixiy ahamiyatga ega bo'lganligi sababli, 1950 yilda ular qayta yozilgan. 

10.AQShda, 2013 yilgacha barcha yirik davlat radiostansiyalari o'z mamlakatlarida efirga uzatish huquqiga ega emas edi. Gap shundaki, farmonda davlat radiosi tashviqotga qaratilgan va hukumat o'z fuqarolarini har qanday targ'ibotdan, hatto o'zinikidan himoya qilishga majburdir.

11. Radio hatto Internet paydo bo'lganda ham o'lmadi, chunki radioni hech bir priyomniksiz onlayn tinglash imkoni paydo bo'ldi.

12. "Birdsongradio" radiostantsiyasida uzluksiz ravishda qushlar sayrashi uzatilib turiladi. Bu qo’shiqni parrandashunos olim Kventin Xovard 20 yil avval o’zining Uiltshir grafligidagi bog’ida yozib olgan edi.

13. XIX asr oxirlari, XX asr boshlarida “Masens”paroxodi halokatga uchradi.  Qutqaruv operatsiyasi jarayonida ilk marotaba radio aloqa muvaffaqiyatli qo’llanildi, natijada odamlar cho'kayotgan kemadan qutqarib qolindi.

14. Ma’lumotlari radio orqali uzatilgan dunyodagi ilk siyosiy voqea, 1917 yilgi Oktyabr revolyutsiyasidir.

15.13 fevral kuni Butunjahon radio kuni sifatida nishonlanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook