Qizil rangli lab bo’yog’i kimlarga yarashadi?
Qizil rangli lab bo’yog’i kimlarga yarashadi?
Odatda qizil tusli lab bo’yog’ini bachkanalik deya hisoblashadi. Ammo bu fikrni hato ekanligini hatto jahon tendensiyalari tasdiqlaydi. Bu atrofdagilar e’tiborini jalb qiluvchi rang, shu bois bunday yorqin rangli lab bo’yog’i bilan nimani moslab kiyish, nimani esa kiyish mumkin emasligini bilib olish lozim.

Qizil lab bo’yog’ining turli tuslaridan birini tanlab olish kerak. Rang teri turidan kelib chiqadi. Oddiy qoidalarga amal qiling: teringiz qanchalik qoracha rangda bo’lsa, o’zingizga shunchalik to’yintirilgan va to’q lab bo’yog’ini tanlashingiz mumkin. Agar teringiz rangi ochroq bo’lsa, sovuq rangli lab bo’yoqlaridan tanlash haqida o’ylash lozim: klyukva rangli, qizil yoqut rangli, lavlagi tusli, to’q qizil rangli. Terisida issiq pigmentlar mavjud bo’gan qizlarga esa tomat rangli, qip-qizil tusdagilari mos keladi. 

Qiyofa uchun aksessuar va libos tanlash haqida ham o’ylash lozim. Qizil lab bo’yog’i raqobatni yoqtirmaydi, buni doimo yodda saqlang. Agar qiyofangizda uchtadan ortiq rang uchrasa, yaxshisi lab bo’yog’ini neytralroq, masalan och jigarrangga almashtirganingiz ma’qul. Qizil lab bo’yog’i casual uslubidagi liboslar bilan ideal darajada mos keladi. Agar dress-kod imkon bersa, yaltiramaydigan qizil lab bo’yog’i idoraviy kostyumlar bilan a’lo darajada uyg’unlashadi. Masalan, oq yoki kulrang idoraviy kostyumga yorqin rang bilan urg’u berilsa, bu qiyofaga o’ziga hoslik va jiddiylik bag’ishlaydi. Qizil rang bilan jigarrangning ham uyg’unlashuvi yomon variant emas. Faqat ishga mos qiyofani aksessuarlar bilan to’ldirib yubormang, labdagi bitta urg’uning o’zi ish joyida sezilarli ko’rinishda bo’lish uchun yetarlidir.

Yuqorida ta’kidlanganidek qizil lab bo’yog’i qiyofaning asosiy jihatidir. Shuning uchun makiaj qilinayotganda, kipriklarning uchlarini bo’yash va biroz rang berishning o’zi yetarli. Agar hiyla ishlatgan holda, qora tush emas balki jigarrang tushdan foydalansangiz, qiyofa yanada tabiiyroq chiqadi va qiyofadagi asosiy ro’lni lab bo’yoq o’ynaydi. Oqshom pardozi uchun ham ushbu qoida qo’llaniladi,ammo bunda chiziqlar chizib, qosh chegaralarini yanada aniroq qilib bo’yash mumkin. Ko’zga beriladigan urg’uning kamligidan qo’rqishga hoijat yo’q: ishonavering qizil lab bo’yog’ili qiz istalgan kechada sezilmay qolishi imkonsizdir.   

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook