O’g’il bola tarbiyadagi nozik jihatlar
O’g’il bola tarbiyadagi nozik jihatlar
Farzand tarbiyasi nozik masala, o’g’il bolaning tarbiyasi esa ikki barobar ko’proq mehnat va e’tiborni talab etadi. Chunki erkak kishi oila boshlig’i, har qanday sharoitda hamma og’irlikni o’z bo’yniga olishi va muammoni hal qilish yo’llarini bilishi lozim. Quyida ushbu mavzuga oid ba’zi maslahatlar beriladi.

1.O’g’il bolaning tarbiyasi bilan ota shug’ullanishi lozim. Tug’ilishi bilanoq. Ha, aynan o’zining tug’ilishi bilan. Chunki oiladagi tarbiya – bu avvalambor nasihat emas, namunadir. O’g’il bola otasining gapiga kirmaydi, u otasining xulqi, yurish-turishi va gap-so’zidan andoza oladi.

Onalarga savol – o’g’lingiz otasiga o’xshashini xohlarmidingiz?

2. “Haqiqiy erkak” deganda nima tushuniladi? Erkak deganda kuchli jins vakili tushuniladi. Kuchli degani esa qarorlarni qabul qilishni bilishi hamda javobgarlikni o’z bo’yniga olishni bilishi kerak,degani.

Ota-onalarga savol – o’g’lingiz mustaqil qaror qabul qilishni va ular uchun javobgarlikni bo’yniga olishni biladimi?

3.Qaror qabul qilish bilan javobgarlikni bo’yniga olish – bu bir tanganing ikki tomonidir. Birini bajarsa, ikkinchisini ham eplashi kerak. Masalan, erkak kishi qaror qabul qilsa-yu, uning uchun ayol kishi javob bersa, bu onasining bolasi, hisoblanadi. Yoki bo’lmasa, erkak kishi qaror qabul qilmaydi, biroq buning uchun javob bersa, unda u ayol kishining gapidan chiqmaydigan erkak bo’lib qoladi.

4.Erkinlik o’zini tiya bilishdan boshlanadi. Sharq maqollaridan birida shunday deyiladi: “Avvalambor suvni tuya ichadi, chunki uning qo’llari yo’q. Ikkinchi bo’lib, erkak kishi ichadi, chunki uning sabri yo’q. Uchinchi galda esa ayollar suv ichadi”.

Bizning tarbiya tizimimizda esa quyidagicha navbat bo’ladi: “Eng birinchi navbatda – onaga, chunki u ayol kishi, ikkinchi o’rinda himoyasiz jonivorlarga. Va nihoyat uchinchi o’rinda erkak kishiga, chunki erkak kishi oliyjanob bo’lishi kerak”.

5. Bola necha yoshidan boshlab erkak kishi hisoblana boshlaydi? Aqlini tanishi bilanoq, ya’ni uch yoshdan boshlab. Ha, ajablanmang, aynan uch yoshdan.

Aynan shu yoshdan boshlab bolaga “Sen – erkak kishisan!”, deb qulog’iga quyish lozim. Ayan shu yoshdan boshlab bolaga “Bajarishing shart!”, deb uqdirish lozim. Afsuski, atrofga nazar solganda o’zini biror narsaga majbur eta oladigan erkaklarni topish amrimahol. Axir erkak kishi hamma narsani bilishi va bajara olishi shart.

Ya’ni, erkak kishi chidamli bo’lishi, o’z nafsini yenga olishi, xato qilsa, uni tuzata bilishi, mehribon bo’lishi, qattiqqo’l, qo’pol bo’lishi, so’ziga javob bera olishi lozim. Umuman erkak kishi hamma narsani bilishi va har qanday sharoitda o’zini yo’qotib qo’ymasligi lozim.

6.O’g’il bolaga tug’ilishi bilanoq erkak kishiga qilgandek muomala qilish kerak. Go’dak bolangiz qo’lingizda yig’lasa, uni “Erkak kishi ham yig’laydimi?” deb ovuting.

Bu bilan siz o’zingizni ham, uni ham shunga o’rgatib borasiz. Ha, bolaga huddi kattalarga qilgandek, muomala qilish lozim. Bu go’dak bilan o’ynamaslik, uni erkalamaslik va mehr bermaslik kerak, degani emas, albatta.

7.Bola yanglishishiga qo’yib berish kerak. Mayli, yanglishib u tevarak atrofini o’rganadi, uning chegarasini topishga harakat qiladi. Bolani xatolari uchun jazolash kerak emas, ularni tuzatishni o’rgatish lozim. Bola o’z xatosini o’zi mustaqil holda, faqat sizning yordamingiz bilan tuzatishni o’rganishi kerak.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook