Mukammal pardozning 10 sharti
Mukammal pardozning 10 sharti
Pardozingiz har qachon ko‘ngildagidek va omadli bo‘lishi uchun qanday jihatlarga e’tibor qaratish kerak ekanligini bilasizmi? Muvaffaqiyatli qiyofangiz hamisha va har yerda atrofdagilar e’tirofiga sabab bo‘lishini istasangiz kerak?

1.            Yuz tuzilishi shaklini istalgandek ko‘rinishga keltirish uchun konturing san’atidan foydalanish tavsiya etiladi. Konturingda eng muhimi - kerakli rangdagi bronzerni tanlab olishingizdir! 

2.            Ko‘zlarga bir tekisda chiziq tortish uchun (strelka) oddiygina skotchdan foydalanishingiz mumkin.

3.            Kipriklaringiz xajmdor va qalin ko‘rinishini istaysizmi? Buning uchun tushingiz cho‘tkasini issiq suvga tiqib oling-da, idishga botirib kipriklarni bo‘yab chiqing. Issiq suv ta’siri ostida barcha qumoqchalar yoyilib, bo‘yash jarayonida noqulaylik yuzaga keltirmaydi. 

4.            Lablaringizni aslidan birozgina katta ko‘rsatish uchun kontur qalamini lab chizig‘idan emas, biroz chetrog‘idan yurgizib olsangiz bas. 

5.            Pardozda qoshlar ham esingizdan chiqmasin!

6.            Yorqin ranglar asosidagi pardoz esa ko‘zingizdagi charchoq izini bir zumda bartaraf eta oladi. 

7.            Ko‘zingiz rangiga mos ten tanlash orqali asl malikalar kabi ko‘rinishingiz aniq. 

8.            Ko‘zlari zumrad kabi yashil xonimlar uchun eng ajoyib yechim - tabiiy pardoz hisoblanadi.

9.            Qurib qolgan tushni issiq suv yordamida qaytadan o‘z holiga keltirish mumkin.

10.          Ko‘zoynak oynasidagi kichik chiziqlarni quyidagi aralashma yordamida bartaraf etish imkoni mavjud. Buning uchun chiziqlar ustidan tish pastasi surtiladi va suv bilan yuvib tashlanadi. Suv va osh sodasi omuxtasi ham oynalarni tozalovchi xususiyatga ega. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook