Muhabbatning erta-kechi yoʻq: 114 yoshli ayol tanlagan yoriga turmushga chiqdi
Muhabbatning erta-kechi yoʻq: 114 yoshli ayol tanlagan yoriga turmushga chiqdi
Muhabbat vaqtga boʻyin egmaydi degan gap bekorga aytilmagan. Ushbu hikoya ham buning yaqqol isbotidir. 114 yoshli ayol oʻzining 71 yoshli tanlagan yori bilan oila qurdi.

Undan avval “kuyov”ning oila qurish taklifini rad etib kelayotgandi. Biroq, umrni baxtli onlar bilan toʻldirish uchun hech qachon kech boʻlmasligini tushungach, yoriga “Ha” deya rozilik javobini berdi. Shu tariqa juftlik rasmiy ravishda oila qurdilar.

Nikoh marosimi Xitoyning Sinszyan shahrida, Uygʻurlarning avtonom hududidagi Qoshgʻar okrugida boʻlib oʻtdi.

“Kuyov”ning aytishicha, oʻzining boʻlgʻusi rafiqasi bilan qariyalar uyida tanishib qolgan. Uning qoʻlini soʻrash va roziligini olish uchun esa bir yildan koʻproq vaqt sarfladi.

Avvaliga ayol bu taklifni hazil deb qabul qildi. Keyinchalik erkakning niyati jiddiy ekanligini bildi va uni juda yaxshi inson sifatida qaytadan kashf etdi.

Maʼlumotlarga koʻra, ayol erkakning oila qurish taklifini koʻp bora rad etgan, ammo “kuyov” orzusidan voz kechmadi va nihoyat niyatiga erishdi.

Ushbu hikoya internet olamida juda mashhur boʻlib ketdi. Tarmoq foydalanuvchilari juftlikni ajoyib hodisa bilan tabrikladilar. Darhaqiqat, inson necha yoshda boʻlishidan qatʼiy nazar hamisha baxtli, shodon, sevimli boʻlib yashash huquqiga ega. Sevgi ila qurshalgan hayot esa oʻlimga ham osonlikcha yengilmaydi...

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook