Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lgan eng qimmatbaho avtomobillar
Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lgan eng qimmatbaho avtomobillar
Krishtianu Ronaldu nafaqat taniqli sportchi, balki aksariyat yoshlar uchun muvaffiyat timsoli hamdir. Sportchi qimmatbaho mashinalarni juda ham yaxshi ko‘radi, har safar yangi mashina sotib olganida buni OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqalarga namoyish qiladi. Ayni vaqtda portugaliyalik futbolchi bisotida 20 dan ortiq mashina bor. Ular orasidagi eng yaxshi hamda qimmatbaho namunalar qaysi ekanligini bilasizmi?

Audi RS 6 Avant

 Audi kompaniyasi "Real Madrid" futbol klubi bilan faol hamkorlik qilib keladi va sportchilarni o‘z brendiga tegishli bo‘lgan avtomobillar bilan ta’minlaydi. Krishtianu Madridda o‘ynagan vaqtlari uni mazkur mashina rulida ko‘p bor ko‘rishgan. Avtomobilni oddiy mashinalar qatoriga kiritish imkonsiz. Quvvati 560 ot kuchiga teng bo‘lgan V8 motori mashinaning 3,9 sekund ichida 100 kilometr tezlikda o‘t olishiga imkon yaratadi. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 305 km. 

Koenigsegg CCX 11

Bu futbolchi kolleksiyasidagi eng tezkor avtomobillardan biridir. Quvvati 1019 ot kuchiga teng bo‘lgan superkar dvigateli mashinaga 2.9 sekund ichida 100 km tezlikda o‘t olishga imkon beradi. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 402 kilometr. Qurilma intellektual poyga shassisi yordamida boshqariladi. 

Rolls-Royce Phantom

Rolls-Royce Phantomni Krishtianu bisotidagi eng qulay mashina sifatida e’tirof etishadi. Phantom Drophead Coupe seriyasiga tegishli bo‘lgan Rolls-Royce futbolchiga 410 000 yevroga tushgan. 

Lamborghini Aventador LP 700-4

"Lamborgini" dizaynini boshqa hech bir superkar bilan adashtirib qo‘ymasligingiz aniq. Kuzovning aerodinamik ko‘rinishi ko‘pchilikni o‘ziga rom etadi. Futbolchi mazkur avtomobilni 27 yoshga to‘lishi munosabati bilan 270 000 yevro evaziga sotib olgan.

Bugatti Chiron

Krishtianu Ronalduning eng qimmatbaho va sevimli avtomobili. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 420 kilometrni tashkil qiladi. Futbol yulduzi mazkur avtomobilni 2.8 million yevro evaziga harid qilgan. 

McLaren Senna

Shuningdek, Krishtianu yaqindagina McLaren Senna superkarini ham harid qilganini bildirdi. Uning tahminiy narxi 850 000 yevroga teng bo‘lib, avtomobil "Formula-1"ning afsonaviy poygachisi Ayrtona Senna sharafiga nomlangan.  Superkar ilk marta 2018 yilda Jeneva avtosalonida namoyish qilingan bo‘lib, unga quvvati 800 ot kuchiga teng bo‘lgan 8 silindrli dvigatel o‘rnatilgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook