9,444
просмотров
просмотров
“Erkaklar ishi” degan eski iborani necha marta eshitgansiz? Biz buni ko’p marta eshitganmiz va jonimizga tegishga ham ulgurgan. Buni qarangki, kaliforniyalik fotograf Kris Krismanning ham joniga tegibdi.
Fotografning oxirgi ishlaridan biri bu ayollarga taaluqli bo’lmagan ishni bajarib, barcha stereotiplarni yo’qqa chiqargan ayollar fotosuratlari jamlanmasi bo’ldi. Hozirgi dunyo 100 yoki 50 yil avvalgiday emas. Ayollar, ish vazifasi faqat tushlik tayyorlash va bola boqishdan iborat bo’lgan uy bekasi bo’lib o’tirishni istashmaydi, ular karyera qilib, erkaklar kabi talabga javob berishni xohlashadi.
Mindi Gabriel, o’t o’chiruvchi. Yuqori Arlington, Ogayo shtati
Sedi Semuels, omar tutuvchi. Men shtati
Linn Jonson, og’ir yukmashina xaydovchisi, Nevada shtati
Yana bir “erkak ishini” bajaruvchi ayol
Elison Gordblyum, arxitektor va quruvchi, Filadelfiya
Kristina Burris, pivo pishiruvchi, Pensilvaniya
Mira Nakashima, dizayner va duradgor, Nyu-Houp, Pensilvaniya
XIzer Tomason, qassob, Filadelfiya
Judi Boumen, tog’kon qazib chiqarish brigadasi boshlig’i, Raund Mauntin
Bet Beverli, taksidermist, Pensilvaniya shtati
Jordan Aynsvort, konchi, Nevada
Kris Alvares, oltin konida yetakchi geolog, Nevada
Nensi Poli, cho’chqa fermasida ishlaydi, Seylorsberg, Pensilvaniya
Kerol Uorn, tosh maydalash mutaxasisi, Nevada
Сообщения из Facebook