Dunyodagi eng badavlat 5 reper kim ekanligini bilasizmi?
Ijodkorlar muxlislarning qalbidan joy olish bilan birgalikda kattagina pul sohibiga aylanishlari ham shou-biznes olamining o‘zgarmas qoidalaridan biri sanaladi. Bugungi kunning eng badavlat 5 reperi kim ekanligi haqida bilasizmi?

Jay-Z

Amerikalik ijrochi Jay-Z ning boyligi 1 milliard dollardan oshiqroq bo‘lib, u har yiri Forbes jurnali tomonidan tuziladigan eng badavlat reperlar reytingida birinchi o‘rinni egallab keladi.

Avvalroq mazkur jurnal 2019 yilda Jay-Z tarixdagi birinchi milliarder reperga aylangani haqida ma’lum qilgandi. Ijodkorning oilaviy byudjeti esa ushbu raqamlardan ham oshib ketadi. U rafiqasi Beyonce bilan birgalikda umumiy qiymati 1,4 milliard dollarni tashkil qiluvchi aktivlarga egalik qiladi.

Dr. Dre

Ikkinchi o‘rin esa taniqli reper hamda prodyuser Dr. Drega tegishli. U besh yil avval Apple korporatsiyasi bilan hamkorlikda Beats Electronics quloqchinlari hamda dinamiklarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga asosan o‘zining milliarderga aylangani haqida e’lon qilgan bo‘lsa ham, bugungi kunda uning umumiy boyligi 800 million dollarga teng bo‘lib turibdi.

Diddy

Uchinchi o‘rin esa xip-xop ijrochisi Diddyga tegishli bo‘lib, reper avvalroq Puff Diddy hamda P. Diddy nomi bilan ijod qilib kelgan. Ijodkorning umumiy boyligi 740 million dollarga teng. O‘tgan yil natijalari bilan solishtiradigan bo‘lsak, ijrochi o‘z kompaniyasi bilan bog‘liq muammolar sababli reytingda bir pog‘ona pastga tushib qolgan. Ammo, Forbes jurnali Jay-Z dan keyingi reper-milliarder aynan Diddy bo‘lishini tahmin qiladi. 

Kanye Uest

Reytingimizning to‘rtinchi o‘rnidan joy olgan ijodkor Kanye Uest hisoblanadi. Kanye bugungi kunda 240 million dollar miqdoridagi boylikka egalik qiladi. U 2019 yilda Adidas - sport liboslari kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani tufayli ilk marta eng badavlat reperlar beshtaligiga kira oldi. 

Drake

Dunyodagi eng boy reperlar beshligini xip-xop ijrochisi, kanadalik Drake (Dreyk, Obri Djeyk Grem) yopib beradi. Ayni vaqtda 32 yoshda bo‘lgan ijodkor reytingdagi eng yosh ijrochi hamdir, ammo u yosh bo‘lishiga qaramay 150 million dollar miqdoridagi boylik yig‘ib qo‘yishga ulgurgan. So‘nggi yil ichida reper omadli sarmoyalari va daromadli gastrol turi sharofati bilan o‘z boyligini ikki karra ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations