Baqlajonning foydali hususiyatlari haqida qiziqarli 5 ma’lumot
Baqlajonning foydali hususiyatlari haqida qiziqarli 5 ma’lumot
Baqlajonning asl vatani Hindiston bo’lib, u mazkur hududning tropik sharoitlarida ilk bor yetishtirilgan. Boshqa o’lkalarga esa keyinroq tarqalib, o’zgacha iqlim sharoitlariga ham osonlik ila ko’nika oldi. Botanika nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo’lsak, u sabzavot emas rezavordir. O’zining foydalilik jihatlari bilan esa ko’pchilik mahsulotlarni ortda qoldirishi mumkin.

1. Salomatlik uchun

Salomatligingiz haqida qayg’urasizmi? Unday bo’lsa, ko’proq baqlajon iste’mol qiling. U tanadagi holesterin o’zlashtirilishi jarayoniga to’sqinlik qilib, toksinlarni organizmdan chiqarib yuboradi. Yurak, buyrak va jigar faoliyatini rag’batlantiradi. Xotirani ham yaxshilaydi. Bundan tashqari uning tarkibida kaloriyalar ham ko’p emas.

2. Zararli odatlardan qutilishga yordam beradi.

Ushbu mahsulot tarkibida nikotin moddasi bor. Shu sababli ham shifokorlar uni chekishdan voz kechmoqchi bo’lgan insonlarga tavsiya qiladilar. Bu tamakidan qutilish istagidagi odamlarda mavjud bo’lgan “qaramlik”ni ketkazadi.

3. Go’zallik uchun

Ushbu mahsulot teridagi yallig’lanishning oldini oladi, husnbuzarlar bilan kurashadi. Buning uchun mahsulotni bo’tqa holiga keltirish va massani yuz terisiga surtib olish kifoya. Oradan 15 daqiqa o’tgach esa niqobni yuvib tashlash mumkin bo’ladi. 

4. Po’chog’i ham foydali

Baqlajonning po’stlog’i ham juda foydali bo’lib uni archmay iste’mol qilish tavsiya etiladi. Sababi, po’stloq tarkibida kamyob antotianin moddasi mavjud. Bu inson miya to’qimalarini zararlanishdan asrovchi o’ta kuchli antioksidantdir.

5. Qiziqarli ma’lumot

Baqlajonning oq ranglisidan qovurmalar, yashil ranglisidan dimlama va ikra pishirsa mazali chiqadi. Uzun va yupqa turi esa ruletlar va konservalar tayyorlash uchun yaxshi. Silindirsimon va noksimon turlari ragu, muzlatish va quritish ishlari uchun mos keladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook