Agar siz doimo kompyuterda ishlasangiz, ko'zning charchog’ini qanday kamaytirish mumkin
Agar siz doimo kompyuterda ishlasangiz, ko'zning charchog’ini qanday kamaytirish mumkin
Ko'zning charchashi, kontsentratsiyaning yo'qolishi, mushaklarning taranglashishi, bosh og'rig'i - bularning barchasi monitor ekrani oldida uzoq vaqt ish qilish natijasida bo'lishi mumkin. Albatta, biz kompyuter va noutbuklardan foydalanishni rad eta olmaymiz, ammo biz ularning sog'lig'imizga salbiy ta'sirini kamaytirishga qodirmiz. Buning uchun faqat bir qator qoidalarga rioya qilish va bir nechta oddiy mashqlarni bajarish kerak.

20-20-20 qoidasiga amal qiling

Ushbu qoidaga amal qilgan holda, har 20 daqiqada 20 soniya davomida monitor ekranidan chalg'ib, o'zingizdan 20 fut (6 metr) masofadagi ob'yektga e'tiboringizni qaratishingiz kerak. Ushbu qoidaga rioya qilish uchun har 20 daqiqada sizga ko'zlaringizga dam olish kerakligini eslatadigan bepul veb-ilova ham mavjud. U Protect Your Vision deb nomlanadi va uni Chrome, Firefox va Safari bra uzerlarida ishlatish mumkin.

Monitorni to'g'ri holatga keltiring

Monitor ekrani sizdan 45-70 sm masofa uzoqlikda joylashgan bo'lishi kerak, bu holda ko'zlar uning yuqori qismi bilan bir xil darajada bo'lishi kerak. Agar ekran balandligini sozlashning hech qanday usuli bo'lmasa, siz oddiy kitoblarni monitor ostiga qo'yishingiz mumkin. Kresloni tushirish yoki ko'tarish ham yordam berishi kerak. Asosiysi, ekranning markazi har doim ko'z darajasidan 15-20 gradus past bo'lishi kerak.

Matn hajmi va rangini sozlang

Bu yerda siz bitta qoidaga amal qilishingiz kerak: matn hajmi, ekrandan 50-75 sm ga uzoqlashganingizda ko’ra oladigan eng kichik hajmdan uch baravar kattaroq bo'lishi kerak. Rang berikmasiga kelsak, oq yoki sarg'ish fonda qora matn eng yaxshi qabul qilinadi. Och rangli fonda to’q rangli matn ham ko'pchilik foydalanuvchilarga ma'qul keladi. Eng asosiysi matn va fon past kontrastli bo’lmasligi zarur.

Ko'zlaringizga g’amxo’rlik qiling

Agar siz kontakt linzalardan foydalansangiz, u holda kompyuterda ishlaganda ko'zlaringiz ko'proq charchaydi. Haftada kamida bir yoki ikki marta linza o’rniga ko'zoynak taqish ko’zingizdagi bosimni kamaytiradi. Agar siz faqat ko'zoynakdan foydalansangiz, ularga aks ettirishga qarshi qoplamani qo'shishga harakat qiling. Ko'zning charchashini va qurishini oldini olish uchun ko'z tomchilaridan foydalanish haqida unutmang.

Ekran yorqinligini rostlang

Ko'z charchashni kamaytirish uchun monitor ekranining yorqinligi atrofdagi yorug'likning yorqinligiga mos kelishi kerak. Matn sahifasining oq foniga e'tibor berib, kerakli yorug'lik darajasini sozlashingiz mumkin. Agar u xonadagi yorug'lik manbai kabi ko'rinadigan bo'lsa, unda ekran yorqinligi keragidan yuqori. Kulrang yoki xira bo'lib tuyulganda, ehtimol yorqinlikni biroz oshirish kerak.

Agar siz deraza yonida o'tirsangiz yoki xonada juda ko'p aks ettiradigan narsalar bo'lsa, monitor ekrani ustiga o'rnatiladigan maxsus nurga qarshi filtrlardan foydalanishingiz mumkin.

Rang haroratini sozlang

Ko'pgina monitorlarda rang haroratini qo'lda sozlash imkoni bor. Qorong'i xonalarda iliq (sarg'ish) ranglarni, yorug'likda esa sovuqroq (ko'k) ranglarni ishlatish yaxshiroqdir. Monitor rang  optimallashtirishning eng oson usuli - F.lux dan foydalanish. Ushbu dastur haroratni kun va atrof-muhit yorug'ligiga qarab avtomatik ravishda sozlaydi. U Windows, Linux va Mac uchun mavjud

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook