Koronavirusdan himoyalanishga doir samarali usullar uchligi
Koronavirusdan himoyalanishga doir samarali usullar uchligi
Bugungi kunda har bir inson antiseptik vositalarni to‘g‘ri ishlatishni o‘rganib olishi o'rinli bo‘ladi. Atrofda yuzaga kelgan murakkab vaziyat, ma’lumotlar oqimi ko‘plab insonlarni vahimaga solib qo‘yayotgani rost. Antiseptiklardan qanday usulda foydalansak, virusga qarshi samarali kurashgan bo‘lamiz?

Inson koronavirusdan qanday himoyalanishi mumkin? Bu borada sizga ikkita yangiligimiz bor. Gap shundaki, CoVid-19 koronavirusi haddan tashqari yashovchandir va turli yuzalar ustiga tushib qolgan holatda bir necha soatgacha yashashi mumkin, elektron devayslar, liboslar ham shular jumlasidan. Uni yo‘qotish esa boshqa ayrim viruslarga nisbatan oson, zotan virusning yuqori qatlami yog‘dan iborat. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, virusni daf qilish uchun yuza qismini yog‘sizlantirib ishlov berishning o‘zi yetarli.

Bugungi kunda koronavirusdan himoyalanishning eng asosiy usuli - qo‘llarni tez-tez va yaxshilab yuvish bo‘lib qolmoqda. Qo‘llarni har 10 daqiqa ichida yuvishingiz shart emas. Bu ishni quyidagi holatlarda amalga oshirishning o‘zi yetarli:

•       Xojatxonaga kirgandan keyin

•       Taom tayyorlashdan avval

•       Ovqat pishirib bo‘lgandan keyin

•       Ovqatlanish oldidan

•       Ovqatlanib bo‘lgandan keyin

•       Ko‘chaga chiqib, uyga qaytgandan keyin

•       Jamoat joylarida insonlar bilan muloqot qilganingizdan so‘ng 

Qo‘llarni sovun bilan yuvish - koronavirusga qarshi kurashishning eng oson va samarali usuli hisoblanadi. Siz tanlagan sovun o‘ta qimmatbaxo yoki noodatiy bo‘lishi ham shart emas. Uning tarkibidagi faol moddalar virusni samarali tarzda yo'q qiladi,antibakterial sovun sifatida qimmatroq sotilayotgan vositalarning oddiy sovunlardan hech qanday afzalligi aniqlanmagan. 

Antiseptiklardan nima uchun va aynan qanday usulda foydalanish kerak?

Antiseptiklardan nima uchun va aynan qanday usulda foydalanish kerak?

Qo‘llarga antiseptik yordamida ishlov berish - dezinfeksiya qilishning alternativ usuli, ammo ushbu chorani faqatgina qo‘llarni yuvish imkoni bo‘lmagan joylarda amalga oshirish kerak. Spirt asosidagi antiseptiklar tarkibida 60 % dan ko‘proq etanol bo‘ladi. Tarkibida xlor mavjud bo‘lgan vosita esa qo‘llaringiz terisini zararlashi mumkin. Shuni ham unutmangki, virus kichik tirqishlar ichida ham yashash imkoniyatiga ega. Shu sababli tirnoqlarga akril va gelli laklar bilan ishlov bermay turing, bu kasallanish xavfini oshirib yuboradi. Aynan mana shu tufayli ham operatsion va reanimatsion bo‘limlarda ishlovchi hamshiralarga tirnoqlarga lak surtmaslik buyuriladi. Yuzingizni har kuni ikki marta, sifatli tozalash vositalari bilan yuvish haqida unutmang. Buni ishni ko‘chaga chiqib kelganingizdan keyin amalga oshirish ham foydadan holi bo‘lmaydi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook