Qiziqarli ma’lumotlar: Shaffof plyonkani ro’zg’orda ishlatish g’oyalari
Qiziqarli ma’lumotlar: Shaffof plyonkani ro’zg’orda ishlatish g’oyalari
Plyonka ishlatishni g’ayrioddiy turlari haqida siz eshitmagan bo’lishingiz mumkin. Bu maqolamizda siz shaffof plyonka ishlatish g’oyalari bilan tanishasiz va o’zingizga foydali ma’lumotlarga ega bo’lasiz.

1.Deraza romidagi tirqish va yoriqlar

1.Deraza romidagi tirqish va yoriqlar
Hatto eng kichik tirqish yoki yoriq joyidan muzdak sovuq havo kirishi mumkin. Plyonkani o’lchami to’g’ri keladigan qilib bir necha bo’laklarga bo’ling, ularni bir-birining ustiga qo’yib, bitta qalin qavat hosil qiling, qayerdan sovuq havo kirayotgan bo’lsa, o’sha joyga yopishtiring.

2. Cho’tka va valiklarni qotib qolishiga yo’l qo’ymang

2. Cho’tka va valiklarni qotib qolishiga yo’l qo’ymang
Agar siz devorlaringizni bo’yagan bo’lsangiz va ertasiga ham bo’yamoqchi bo’lsangiz, cho’tka va valikni yumshoq bo’lib turishi uchun plyonka bilan o’rab qo’ying. Bo’yoq bankasini ham shunday qilib orasa bo’ladi.

3. Muzlatgichni tez tozalash yo’li

3. Muzlatgichni tez tozalash yo’li
Muzlatgichning hamma qavatiga plyonka solib chiqing. Ularni tozalash vaqti kelganida, siz solingan plyonkani olib, boshqasiga almashtirib qo’yaverasiz.

4. Hech qanday to’kilib ketish yo’q

4. Hech qanday to’kilib ketish yo’q
Biz hammamiz bilamizki sumka yoki ryukzakga butilkali narsa solsak va uni olmoqchi bo’lganimizda suyuqlik sumkaga to’kilib ketgan bo’ladi. Buni oldini olsa bo’ladi,buning uchun qopqoq ochib, unga plyonka o’rab, keyin yopib qo’yish kerak. Pardoz anjomlarini va kosmetik vositalarni jomadonga joylashdan avval plyonka bilan o’rab, keyin joylash kerak. Bu to’kilib ketishini oldini oladi.

5. Qo’l himoyasi

5. Qo’l himoyasi
Agar siz haskash yoki belkurak bilan ishlamoqchi bo’lsangiz, qo’lning himoyasi uchun plyonkani qo’lingizga o’rab olishingiz kerak, shunda qo’lingizni qadoqdan saqlagan bo’lasiz.

6. Mazali muzqaymoq

6. Mazali muzqaymoq
Muzqaymoq yaxxonada muzlab qolmaslgi uchun uni plyonka bilan o’rab qo’ying. Keyingi safar, uni muzlatgichdan olganingizda uning ko’rinishi yaxshi va kristallanmagan bo’ladi.

7.Bananni uzoq vaqt saqlash uchun

7.Bananni uzoq vaqt saqlash uchun
Bananlar uzoq vaqt yangiday turib, foydali xususiyatini yo’qotmasligini istasangiz, uning bandini shu plyonka bilan o’rab qo’ying. Bunday bananlarni uzoq vaqt saqlash mumkin.

8. Toza uy

8. Toza uy
Nimadir sabab bo’lib, siz uyda oyoq kiyimda yurishga majbur bo’lib qolsangiz, plyonkani eshikka yaqin joyda saqlang. Kirgan bo’lsangiz, tezda oyoq kiyimingizni plyonka bilan o’rab keyin yursa bo’ladi.

9. To’kilmaydigan stakan qilamiz

9. To’kilmaydigan stakan qilamiz
Stakanga suyuqlik quying, plyonka bilan o’rang va trubochka tiqing.

10. Yangi guldasta uzoq vaqtgacha

10. Yangi guldasta uzoq vaqtgacha
Gultastangiz uzoq vaqt bahri-dilingizni ochib turishini istaysizmi? Buning yo’li oson. Guldastadagi gulning bandlari avval yengil mato, so’ngra plyonka bilan o’rasangiz, gullar uzoq vaqt yangiday turishi mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook