Hindistonning Bayga xalqi: Ularni nima uchun panda-odam deb ataydilar?
Hindistonning Bayga xalqi: Ularni nima uchun panda-odam deb ataydilar?
Hindistonda shunday xalq mavjudki, odamlar ularni panda deya atashadi. Ushbu insonlarning hayot kechirish tarzi qiziqarli bo‘lib, urf-odatlari bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Banga xalqi odamlarining umumiy soni 20 000 kishidan oshmaydi. Ammo, shunga qaramay ularning aniq miqdorini aytish juda qiyin ish. Ushbu qabilasifat xalq vakillari orasida hisob-kitob ishlariga e’tibor qaratib o‘tirilmaydi.

Bayga odamlari nima bilan shug‘ullanishadi?

Panda-odamlar faqatgina o‘rmon hududlarida hayot kechirishadi, ammo ov qilish va termachilik ular uchun birinchi o‘rinda emas. Bu odamlar yerga ishlov berish va hosil olish orqali kun ko‘rishadi. Buning uchun kerak bo‘lsa daraxtlarni kesib, o‘simlik ekish uchun katta hududlarni bo‘shatishga harakat qiladilar.

Eng qizig‘i, ular tuproqni haydamay ekin ekishadi. Bu narsa ularning e’tiqodlari bilan bog‘liq - hindlar uchun yer onadek aziz hisoblanadi. Agar uni haydaydigan bo‘lsalar, bu ona yerning ko‘ksiga tig‘ urish bilan teng bo‘lar emish.

Panda-odamlar tuproqning joni bor ekanligiga juda qattiq ishonishadi. Aynan shu sababli ham yerning bir qismida dehqonchilik qilishmaydi, bitta hududdan katta hosil olishni insofsizlik deb bilishadi. Oqibatda ular har yili o‘zlarining yashash joylarini o‘zgartiradilar.

Bayga xalq odamlari dehqonchilik bilan bir qatorda ov qilish, tabiat ne’matlarini yig‘ish bilan ham shug‘ullanishadi. 

Boshqa xalqlar bilan bo‘lgan munosabati

Bayga odamlarini kirishimli va do‘stona xalq deyish juda qiyin, shu sababli ham ular boshqa xalq vakillari bilan muloqot qila olishmaydi. Kastaga mansub bo‘lmagan odamlar ularning yaxshi muomala qilishlaridan umid qilmasliklari ham mumkin.

Boshqa xalq vakillariga bo‘lgan bunday ehtiyotkor munosabatning aniq sababi hamon ma’lum emas. Bayga odamlari o‘zlariga mansub bo‘lmagan insonlar bilan muloqot qilgan jamoadoshlarini jinoyatchi deb bilishadi. 

Tatuirovka va qiziqishlar

Ushbu xalq vakillari tatuirovkalarni haddan tashqari yaxshi ko‘rishadi. Ularni aksariyat holatlarda erkaklar emas, ayollar o‘z tanasining turli qismlariga chizdirib oladilar. Qizlar esa kimning tatuirovkasi chiroyli ekani borasida bir-birlari bilan bellashishga ham tayyorlar.

Tatuirovkalarni chizish bilan mazkur ko‘nikmani o‘z ajdodlaridan o‘zlashtirib olgan ustalar shug‘ullanishadi. 

Nima uchun Bayga odamlarini Hindistondan haydamoqchi bo‘lishgan?

Bundan tahminan yarim asr avval Hindiston hukumati vakillari Bayga odamlarini yashash joylaridan ko‘chirib yuborishga qaror qilganlar. Buning rasmiy sababi esa yo‘lbarslarning tabiiy ravishda ko‘payishlariga halal bermaslik bo‘lgan. Aslida esa hukumat vakillari ularning hududlarini o‘zlashtirib olmoqchi bo‘lgani, panda-odamlarni esa qulga aylantirishni reja qilgani tahmin etiladi.

Bugungi kunda hukumat vakillari ularga qarshi chiqish uchun urinayotgan bo‘lsa ham, Bayga odamlarini mamlakatning turli hududlarida uchratish mumkin. Ammo ushbu xalq vakillari kun kelib rahbariyat tomonidan qayta ta’qib qilinishlari haqida juda yaxshi bilishadi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook